Yaponiyadagi atom elektrostansiyalaridan birida yong‘in chiqdi
Yaponiyadagi atom elektrostansiyalaridan birida yong‘in chiqdi.

Bugun tongda Yaponiyadagi atom elektrostansiyalaridan birida yong‘in chiqqan. Bu haqda “Kyod” nashri xabar qilmoqda.
Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasida joylashgan “Xamaoka” AESida mahalliy vaqt bilan 05:15 da yong‘in haqida signal berilgan. AESning beshinchi energoblokidan tutun ko‘tarilgan. Aniqlik kiritilishicha, reaktor faoliyati to‘liq to‘xtatilgan.
Jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Alanga sabablari o‘rganilmoqda. Kompaniyaning xabar qilishicha, radioaktiv moddalar chiqib ketmagan. AESning o‘zi va uning atrofida radiatsiya ko‘rsatkichi o‘zgarmagan.
Sharofat Mahmudova







