Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi harakat boshlangan
Afg‘onistonda Ahmadshoh Massudning o‘g‘li haqida yangi maʼlumotlar paydo bo‘ldi. U otasi kabi, mamlakat kuchlarini birlashishga va dushmanga taslim bo‘lmaslikka chaqirmoqda.

Hozirda Panjshir – “Tolibon”ga taslim bo‘lmagan 34 viloyat ichidagi yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Panjshir sherining o‘g‘li OAV “urushlari”da allaqachon g‘olib bo‘lib ulgurdi, chunki u boshqa nufuzli qo‘mondonlar kabi qochib ketmadi. Endi u mahalliy aholidan dushmanga ustunlikni bermaslik uchun mintaqada bo‘layotgan voqealarni ijtimoiy tarmoqlarda oshkor qilmaslikni so‘ramoqda.







