O'zbekiston

O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi

«Tadbirkorlik va professional faoliyat subyektlarini o‘z-o‘zini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi

 

 

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4913-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Mazkur hujjat tadbirkorlik va professional faoliyat subyektlarini o‘z-o‘zini tartibga colish bilan bog‘liq jamoatchilik bilan munosabatlarini tartibga solishi, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarni tashkil etish va faoliyat yuritish, ularga aʼzolik (ishtirok etish) va ularning huquqiy maqomini, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini belgilashi rejalashtirilmoqda.

 

Loyihada quyidagi tushunchalar berilgan: o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot aʼzosining shaxsiy manfaati, professional faoliyat, professional faoliyat subyektlari, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot qoidalari va standartlari va boshqalar.

 

O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot – tadbirkorlik subyektlarining ixtiyoriy aʼzoligiga (ishtirokiga) asoslangan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan assotsiatsiya (ittifoq), jamoat birlashmasi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi notijorat tashkilot.

 

O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot ixtiyoriy yoki majburiy aʼzolik shaklida tashkil etiladi.

 

O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • agar o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarga nisbatan qonunlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot tarkibida kamida 25 ta tadbirkorlik subyektining yoki maʼlum bir turdagi kamida 100 ta professional faoliyat subyektlarining aʼzolari sifatida birlashish;

  • o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiy bo‘lgan tadbirkorlik yoki professional faoliyat uchun standartlar va qoidalarning mavjudligi;

  • o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot tomonidan uning har bir aʼzosining ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilari va boshqa shaxslar oldida qo‘shimcha mulkiy javobgarligini taʼminlashi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"