O'zbekiston

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda

Afg‘onistonda hukumatning almashishi bilan yuzaga kelgan keskin vaziyatga qaramay, Toshkent va Kobul o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqlar tez orada qayta tiklanishi kerak. Bu kabi fikrni «Termiz kargo markazi» logistika terminali direktori Nodirbek Jalilov “TASS” muxbiri bilan subhatda maʼlum qilgan.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda

 

 

«Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi yaqin haftalar ichida nafaqat qayta tiklanadi, balki ehtimol oshadi», — deydi Jalilov. Uning fikricha, Afg‘oniston bilan savdo aloqalariga ushbu mamlakatdagi korrupsiyaga botgan amaldorlar sezilarli taʼsir ko‘rsatib kelgan.

 

«Ashraf G‘ani davrida korrupsiya barcha sohalarga kirib bordi, ayniqsa, xalqaro tashuvlarga. Qoidaga ko‘ra, Termiz—Hayraton nazorat-o‘tkazish punktida eksportchi va tranzitchilar barcha boj to‘lovlarini to‘lagan, ammo Afg‘oniston hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida ushbu mablag‘ yana uch—to‘rt barobar undirib olingan», — deya tushuntiradi Jalilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”ning bundan oldingi hokimligi davrida bu kabi korrupsiyaga qattiq chora ko‘rilgan.

 

Jalilovning aytishicha, avvallari Termiz—Hayraton ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali yiliga 5 million tonnagacha turli yuklar o‘tkazilgan bo‘lib, ularning, taxminan, 70 foizi Afg‘oniston orqali tranzit yo‘l bilan Pokiston portlariga qadar yetkazilgan. O‘zbekiston Afg‘onistonga, asosan, yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazgan bo‘lsa, Afg‘oniston esa O‘zbekiston orqali Yevropaga quruq mevalarini chiqargan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda | Zamon.uz