O‘zbekistonda eng ko‘p haq to‘lanadigan yo‘nalishlar maʼlum qilindi
2021 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda top-menejment va savdo bilan shug‘ullanuvchi kasblar eng ko‘p maosh oladigan yo‘nalishlarga aylangan.

Bu haqda kompaniya hisobotiga tayanib Spot xabar berdi.
Bunda o‘rtacha maosh 9 million so‘mdan oshadi. Uchinchi o‘rindan yurisprudensiya sohasi o‘rin olgan (7,3 million so‘m).
Doimiy yetakchilardan biri bo‘lgan IT sohasi o‘rtacha 7 million so‘m oylik bilan to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketgan.
Shuningdek, top-10 ro‘yxatdan «Qurilish, ko‘chmas mulk» (6,9 million so‘m), «Xodimlarni boshqarish, treninglar» (6,7 million so‘m), «Xom ashyo qazib olish» (5,8 million so‘m), «Banklar, investitsiyalar, lizing» (5,7 million so‘m), “Konsultatsiyalar” (5,7 million so‘m) o‘rin olgan.
Mazkur o‘nlik ro‘yxatga tibbiyot va farmatsevtika sohasi o‘rtacha 5,5 million so‘m oylik bilan yakun yasagan.







