“Tolibon” “Al-Qoida” terroristik tashkilotiga Afg‘oniston hududidan boshpana taklif qildi
“Tolibon” “Al-Qoida” terroristik tashkilotiga Afg‘oniston hududidan boshpana taklif qildi.

“Tolibon” harakati yetakchilari “Al-Qoida” terroristik tashkilotiga Afg‘oniston hududidan xavfsiz boshpana sifatida foydalanishni taklif qildi va mamlakatni “jihod beshigiga” aylantirishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda “The Su” nashri Pentagon bosh inspektori boshqarmasi maʼlumotlariga tayanib xabar tarqatdi. Toliblar ularga Afg‘onistondan xavfsiz joy berish orqali “Al-Qoida” bilan aloqalarini mustahkamlash niyatida ekani qayd etilgan.
Pentagon bu fikrlarni AQSH Prezidenti Jo Baydenning Vashington Afg‘onistondagi maqsadiga erishgani haqidagi chiqishi fonida bildirdi. Bu yerda gap “Al-Qoida” Afg‘onistonni Qo‘shma Shtatlarga hujum qilish uchun baza sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida bormoqda.
Pentagon toliblar hukumat tepasiga kelganini “endi ular uchun ommaviy qotillik uchun xavfsiz joy bor” deb baholadi.
Bundan avval “Tolibon” o‘zining ilk matbuot anjumanida Afg‘onistonning “mojaro uchun maydon” bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida eʼlon qilgan edi.
Sharofat Mahmudova







