Afg‘onistondan Polsha fuqarolarini evakuatsiya qilayotgan samolyotlar Navoiyga qo‘nmoqda
Polshaning LOT aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Navoiy shahridagi xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi, deb xabar beradi Telegram‘dagi «Novosti Tashkentskogo neba» kanali.


Maʼlum qilinishicha, ekipaj Afg‘onistondagi Polsha diplomatlarini evakuatsiya qilish uchun Varshavadan LO-7023 reysini amalga oshirgan.
Shuningdek, Navoiy xalqaro aeroportiga Kobul aeroportidan ichida Polsha fuqarolari bo‘lgan Polish Air Force aviakompaniyasning Lockheed C-130H Hercules borti uchib kelmoqda. «Navoiyda fuqarolar Polsha aviakompaniyasining yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Dreamliner‘iga o‘tiradi», — deyiladi xabarda.







