Afg‘onistonlik yosh futbolchi samolyotga osilib vafot etdi
Afg‘onistonlik yosh futbolchi Zaki Anvari mamlakatdan qochmoqchi bo‘lganida vafot etdi.

Bu haqda jurnalist Babak Tagvayee Twitter sahifasida maʼlum qildi.
“Lenta” xabariga ko‘ra, sportchi C-17A samolyotining shassisini ushlab, mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo‘lgan. Qayd etilishicha, futbolchi tanasining qismlari samolyotning shassi bo‘linmasidan topilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni taloto‘plar chog‘ida bir qancha afg‘onistonliklar Кobul aeroportidan uchayotgan AQSH harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olmagan. Oqibatda katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lgan.







