Jahon

AQSH qo‘shinlari harbiy missiya tugaganidan keyin ham Afg‘onistonda qolishi mumkin

AQSH qo‘shinlari harbiy missiyasi tugashi kerak bo‘lgan kundan keyin ham amerikaliklarni evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonda qolishi mumkin. Bu haqda “ABC” telekanali maʼlum qildi.

AQSH qo‘shinlari harbiy missiya tugaganidan keyin ham Afg‘onistonda qolishi mumkin

 

Missiya 31-avgust kuni yakunlashi belgilangan. Hozir Afg‘onistonda evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 10-15 mingga yaqin amerikalik bor. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar 65 mingga yaqin afg‘onlarni olib chiqishni rejalashtirilmoqda. Prezident Jo Baydenga ko‘ra, hozirda toliblar amerikaliklarni mamlakatdan olib chiqish uchun yordam berishda hamkorlik qilmoqda, biroq AQSH bilan bog‘liq afg‘on fuqarolarini evakuatsiya qilishda qiyinchiliklar mavjud.

 

O‘z navbatida, Pentagon amerikaliklarni aeroportga olib borishda muammolar borligini bildirdi.

 

Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda AQSH armiyasining 5 mingga yaqin shaxsiy tarkibi bor.

 

AQSH harbiylari obyektni qo‘riqlab, chet elliklar va afg‘on fuqarolarini  evakuatsiya qilishni nazorat qilmoqda. Operatsiyada 80 ga yaqin harbiy transport samolyoti ishtirok etyapti. Pentagon maʼlumotlariga ko‘ra, bu samolyotlar har kuni mamlakatdan 5 dan 9 minggacha odamni olib ketishi mumkin.

 

Nasiba To'xtayeva

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH qo‘shinlari harbiy missiya tugaganidan keyin ham Afg‘onistonda qolishi mumkin | Zamon.uz