AQSH “Tolibon” bilan maxfiy kelishuvga erishgani maʼlum bo‘ldi
AQSH “Tolibon” bilan maxfiy kelishuvga erishgan. Bu haqda “SBC” xabar berdi.


Maʼlum bo‘lishicha, AQSH o‘z diplomatlari va harbiylari daxlsizliga evaziga afg‘on qo‘shinlariga havodan yordam bermaslikka rozi bo‘lgan. Rossiyalik ekspert Dmitriy Yegorchenkovning fikricha, afg‘on qo‘shinlari shundan keyin taslim bo‘lishni afzal ko‘rgan.
Qo‘shinlarning olib chiqilishinigg oxirgi muddati 31 avgust deb belgilangan.Bu kelishuv “Tolibon” Afg‘onistonni egallashidan oldin tuzilgan.
Bundan tashqari, Ashraf G‘ani mamlakatdan chiqib ketishidan avval ham AQSH “Tolibon” bilan muzokaralar o‘tkazgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Dohada toliblar bilan muvaqqat hukumat tuzishga kelishilgan. Kelushuvga asosan hokimiyat rasmiy hukumat va “Tolibon” o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutilgan. Ashraf G‘anining mamlakatdan ketishi esa ikki tomon uchun ham kutilmagan hodisa bo‘lgan.
Bundan avval AQSH Prezidenti Jozef Bayden AQSH harbiylari Amerika fuqarolari to‘liq evakuatsiya qilinmaguncha Afg‘onistonda qolishini maʼlum qilgan edi.
Jahongir Qo‘ziyev







