AQSH Ukraina harbiy-havo kuchlari uchun aviatsiya qurilmalari sotib olib beradi
Bu haqda “RT” tashkilotning pudratchilar uchun tayyorlagan hujjatlariga tayanib xabar qilmoqda.


Pentagon ukrainalik harbiylarga radionavigatsiya tizimi to‘plami va uchta qo‘nish tizimi jihozlari yetkazib beradi. Bundan tashqari, tashkilot maʼlumot yetkazish va elektr bilan taʼminlash vositalarini ham sotib oladi.
“Bu dastur AQSH hukumatining chet eldagi hamkori – Ukraina harbiy-havo kuchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”, — deyiladi hujjatda.
Jihozlar orasida ishchi telefon aloqasi, ko‘chma dispetcherlik punkti radiosi va havo inspeksiyasi samolyotlari bor.
Bu texnik vositalarni “Starokonstantinov” va “Ozyornoye” aviabazalariga o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Sharofat Mahmudova







