Burkina-Faso shimolida qurolli jangarilar 47 kishini o‘ldirdi
Ular Arbinda va Gorgadjiya shaharlari orasidagi yo‘lga pistirma qo‘yishgan va harbiy karvonga hujum qilishdi, deya xabar beradi “Sinxua”.


Otishma paytida 30 tinch fuqaro, 14 harbiy xizmatchi va 3 ko‘ngilli halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi.
Qayd etilishicha, hukumat kuchlari bunga javoban 58 jangarini zararsizlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jangarilar Niger chegarasi yaqinida joylashgan Xantukura qishlog‘iga hujum qilishgan edi. Voqea oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
Sharofat Mahmudova







