Jahon

Hozirgi “Tolibon” yigirma yil avvalgisidan farq qiladimi?

“Tolibon”  harakati joriy yilning 5-avgust kuni hokimiyatni egallagach, bir qancha bayonotlar bilan chiqdi: umumillliy amnistiya eʼlon qilish, inklyuziv hukumat tuzish, talonchilik va korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaslik maʼlum qilindi.

Hozirgi “Tolibon” yigirma yil avvalgisidan farq qiladimi?

 

Harakatning 17 avgust kungi matbuot anjumanida giyohvand moddalar yetishtirishni butunlay to‘xtatish, ayollar taʼlim olishi va ishlashi mumkinligi, hech kimdan qasos olinmasligi xususida  vaʼdalar berildi.

 

Lekin shundan keyin internetda toliblar vahshiyligi aks etgan video va fotolar tarqala boshlandi. Balx viloyatida “Tolibon”ga taom tayyorlashni istamagan ayol o‘ldirildi. 18 avgust kuni esa Jalolobodda mitingga chiqqan aholi vakillariga o‘t ochildi. Shuningdek, ko‘plab afg‘on ayollari toliblar vaʼdasiga qaramay, o‘qish va ish joylariga bormayapti.

 

“Tolibon”ning o‘zgargan (mi?)

 

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilik ekspertlar hozirgi “Tolibon” yigirma yil avvalgi “Tolibon”dan farq qilishini taʼkidlamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham “Tolibon”ni terroristik tashkilot sifatida ko‘rmasligini maʼlum qilgan edi. “Tolibon”ning o‘zi ham o‘zgarganini aytmoqda. Aslida-chi?

 

Bir tomondan toliblarning o‘zgargani bor gap. Chunki harakat 20 yil davomida xalqaro koalitsiya kuchlariga qarshi og‘ir kurash olib bordi. Toliblarning ko‘pchilik rahbarlari bir necha yil davomida turli mamlakatlar qamoqxonalarida o‘tirgan. Masalan, harakatning siyosiy qanoti rahbari Mulla Barodar 2010-2018 yillarda Pokistonda qamoqda bo‘lgan. Ular hokimiyatni egallash qanchalik qiyin bo‘lganini yaxshi anglaydi va uni saqlab qolish uchun barcha vositalarni ishga soladi. Toliblarning hokimiyatda qolishi uchun ularning xalqaro miqyosda tan olinishi muhim. Shu sababli ular ayollar huquqini, vijdon erkinligi va boshqa bazaviy huquqlarni hurmat qilishga majbur.

 

Lekin “Tolibon” tarkibida o‘ta radikal kayfiyatdagi jangarilar ham bor. Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov toliblarning taxminan 30 foizi radikallardan iboratligini aytgandi. Ekspertlarning fikricha, hozirda, aynan, shu jangarilar keskin xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Baʼzi tahlillarga ko‘ra, ularning dunyoqarashiga Suriya va Iroqdagi ekstemistik guruhlar katta taʼsir ko‘rsatgan. Bu, shuningdek, “Tolibon” birligiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bu kabi bo‘linish 1996—2001 yillarda “Tolibon” hokimiyatda turganda ham kuzatilgan. O‘sha paytda harakatning ikki siyosiy markazi bo‘lib, ular Kobul va Qandahorda joylashgan edi. Kobuldagi hukumat pragmatik qarashlari bilan ajralib tursa, Qandahorda “Tolibon”ning eng radikal rahbarlari to‘plangan.

 

Hammasini vaqt ko‘rsatadi

 

Ayollarning taʼlim olish huquqi saqlanishiga doir vaʼdalariga ham shubha bilan qaralmoqda. Chunki “Tolibon” ilk bor hokimiyatni egallaganda (1990) ham avvaliga ayollarning ishlashiga ruxsat bergandi. Biroq keyinchalik  bu qaror bekor qilingan edi. Hozirda toliblarning bu kabi bayonotlari, birinchidan, mamlakat ichkarisida hokimiyatni mustahkamlashga, ikkinchidan esa xalqaro maydonda imidjini yaxshilashga qaratilgan qadamlar sifatida baholanmoqda. Vaqt o‘tishi bilan toliblar yana radikal qadamlar qo‘ymasligiga ko‘pchilik ishonmayapti.

 

“Tolibon” berayotgan katta vaʼdalardan yana biri — giyohvand moddalar yetishtirishni butunlay to‘xtatish. Lekin so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, harakat xarajatlarining 30 foizi giyohvand  moddalar savdosiga bog‘liq. Shu bois toliblar qanchalik qarshi bo‘lmasin, hozirda bu vaʼdani amalga oshirishi ko‘pchilikda shubha uyg‘otmoqda.

 

“Tolibon” hech kimdan qasos olmasligini maʼlum qilgan. Harakat sobiq amaldorlarni ish faoliyatini davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, ularga  yangi hukumatdan lavozimlar taklif qilinishini maʼlum qildi.  Ammo 19 avgust kuni Log‘ar viloyati sobiq gubernatori otib ketildi.

 

“Tolibon” hozirda Afg‘onistondagi eng yirik va qudratli kuch. Ertami- kechmi u bilan muloqot boshlanishi aniq. Ammo bu muloqot va hamkorlik, albatta, har bir tomonning milliy manfaatlari doirasida amalga oshiriladi. “Tolibon”ning o‘zgargan yoki o‘zgarmaganini esa vaqt ko‘rsatadi.

 

Jahongir QO‘ZIYEV

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hozirgi “Tolibon” yigirma yil avvalgisidan farq qiladimi? | Zamon.uz