O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibi maʼlum qilindi
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi maʼlum qilindi.


Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 8,1 mlrd AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 13,4 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Eksport tarkibi quyidagicha:
-
sanoat mahsulotlari – 2,4 mlrd;
-
xizmatlar – 1,3 mlrd;
-
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 704,7 mln;
-
kimyoviy mahsulotlar – 576,2 mln;
-
turli tayyor mahsulotlar – 440,2 mln;
-
mashina va asbob-uskunalar – 387,2 mln;
-
mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 370,2 mln;
-
nooziq-ovqat mahsulotlari – 290,2 mln.
Import tarkibi:
-
mashina va transport asbob-uskunalari – 4,5 mlrd;
-
sanoat mahsulotlari – 2,5 mlrd;
-
kimyoviy mahsulotlar – 1,8 mlrd;
-
oziq-ovqat mahsulotlari – 1,3 mlrd;
-
turli tayyor mahsulotlar – 814,7 mln;
-
xizmatlar – 843,4 mln;
-
nooziq-ovqat mahsulotlari – 707,0 mln;
-
mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 651,7 mln.







