Jahon

“Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi deklaratsiyasini eʼlon qildi

“Tolibon” harakati Afg‘oniston Mustaqillik kuni munosabati bilan deklaratsiya eʼlon qildi.

“Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi deklaratsiyasini eʼlon qildi

Bu haqda harakatning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib, “TASS” xabar berdi.

U o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida «Britaniya hukmronligidan mustaqillikning 102 yilligi munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligining eʼlon qilinganligi» haqidagi hujjatning havolasini joylashtirgan.

«Afg‘onlar o‘z mamlakatining bugun Amerika istilosidan mustaqil bo‘lish arafasida ekanidan faxrlanadi. Bu ilohiy neʼmatdir, buning uchun barcha afg‘onlar minnatdor bo‘lishi kerak. Biz mamlakatimizda islomiy tizim manfaatlari yo‘lida, shuningdek, qayta qurish va davlatning gullab-yashnashi uchun birdamlik va samimiylik bilan ishlashimiz kerak», — deyiladi hujjatda.

«Bundan bir yuz ikki yil oldin Afg‘oniston mujohidlari (ozodlik kurashchilari) sakson yillik qarshilik natijasida Britaniya mustamlakachiligidan mustaqillikka erishdi. Bu asrning eng buyuk hodisasi hisoblanadi», — deyiladi “Tolibon” harakati bayonotida.

Avvalroq “Tolibon” harakati biometrik maʼlumotlarni aniqlovchi texnikani qo‘lga kiritgani aytilgandi. Shuningdek, “Tolibon” harakati Afg‘oniston kelajakda qanday davlat bo‘lishini maʼlum qilgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

“Tolibon” harakati Afg‘oniston Islom Amirligi deklaratsiyasini eʼlon qildi | Zamon.uz