Tramp: AQSH askarlari xavf ostida
Donald Tramp AQSH fuqarolarini va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilish uchun jo‘natilgan AQSH harbiylari xavf ostida deb hisoblaydi. Bu haqda sobiq prezident Newsmax kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.


“AQSH fuqarolari va ular bilan hamkorolik qilganlarni olib chiqmasdan turib qo‘shinlarni olib chiqish-ahmoqlik” degan Tramp.
Sobiq prezidentning aytishicha, endilikda harbiylar Afg‘onistonga qaytyapti va ular Kobulda juda kuchli raqiblar bilan uchrashmoqda. Tramp “ular 200 yil davomida jang qilishgan, ular (toliblar) ning qilgan ishi faqat urush. Biz askarlarni ortga qaytaryapmiz. Fikrimcha ularning hayoti xavf ostida”-deb aytib o‘tgan.
Bundan avval Tramp AQSH qo‘shinlari olib chiqilishi ortidan Jozef Baydenning isteʼfosini talab qilgan edi. Shuningdek, u Afg‘onistondagi vaziyatni AQSH tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatlardan biri ekanligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden evakuatsiya jarayoni tugagandan keyin AQSH qo‘shinlari to‘liq chiqib ketishini maʼlum qildi.
Jahongir Qo‘ziyev







