Xalqaro valyuta jamg’armasi Afg’onistonga yordam berishni to’xtatdi
Bu mamlakatdagi hukumat maqomining tushunarsizligi bilan izohlanmoqda.


Xalqaro valyuta jamg’armasi Afg’onistonga ko’rsatiladigan ko’mak to’xtatilishi to’g’risida qaror qabul qildi.
Bu mamlakatdagi hukumat maqomining tushunarsizligi bilan izohlanmoqda.
Reuters nashrining xabar berishicha, Afg’oniston bu cheklovsiz $455 mln olishi kerak edi.
“Ayni vaqtda xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston hukumatini tan olishi masalasida aniq tushuncha yo‘q, shu bois mamlakat XVJdan qarz olish yoki boshqa resurslaridan foydalanish uchun maxsus huquqqa ega emas”, — deyiladi jamg‘arma e’lon qilgan bayonotda.







