20 avgust — Tadbirkorlar kuni deb eʼlon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va tadbirkorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot do‘stona va samimiy ruhda yakuniga yetmoqda.


— Men bundan juda ham mamnun bo‘ldim. Bugungi tajribamizdan kelib chiqib, ushbu uchrashuvlarni har yili tashkil etsak, buni yaxshi bir anʼanaga aylantirsak, Sizlarga maʼqulmi?
Shu munosabat bilan bugungi sanani, yaʼni 20 avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb eʼlon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar, — deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.







