O'zbekiston

26 avgustdan yangi ko‘rinishdagi 5000 so‘m va 10 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi

Markaziy bank 2021 yilning 26 avgustidan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini maʼlum qildi.

26 avgustdan yangi ko‘rinishdagi 5000 so‘m va 10 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi

 

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan.

 

5000 so‘mlik banknotning o‘lchami 142 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan. Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 2 mm. bo‘lgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanuvchan metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

 

 

Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan. Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “5000” raqami joylashtirilgan bo‘lib, maʼlum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

 

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi turli diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi. “Xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

 

 

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli bo‘lgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 

10 000 so‘mlik banknotning o‘lchami 147 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

 

 

Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – ko‘k, binafsha va pushti ranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toshkent shahridagi “KO‘KALDOSH MADRASASI” meʼmoriy yodgorligi tasvirlangan.

 

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi. Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

 

 

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – “SHOSHTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etishicha:

muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2013 yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 2017 yil namunasidagi 10 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi;

 

yaʼni, 2013 yil va 2017 yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi;

 

shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

26 avgustdan yangi ko‘rinishdagi 5000 so‘m va 10 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi | Zamon.uz