Amerikada fuqarolardan biri Bayden bilan uchrashish uchun Kapitoliy atrofiga bomba o‘rnatdi
Vashington politsiyasi Kongress kutubxonasi atrofidagi bir necha binolardan odamlarni evakuatsiya qildi.

U yerga yuk mashinasi kelib to‘xtadi va haydovchi bomba borligini aytdi. Politsiya uning qo‘lida detonatorga o‘xshash qurilmani payqadi. Ular haydovchi bilan muzokara olib bormoqda. CBS muxbiri xabar berishicha, u Facebook‘da jonli efirda Bayden bilan gaplashishni talab qilmoqda.
UPD - gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi, lekin uning maqsadi hozircha nomaʼlum.
Nyu -York markazidagi Tayms-Skver maydonidan odamlar evakuatsiya qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Kapitoliy hududida “minalangan” mashina haydovchisining suratlarini eʼlon qilishdi. Ochilgan tasvirlarda 40-50 yoshli oq tanli odam qora pikapda o‘tirgani va mobil telefoni borligi tasvirlangan. Taxminlarga ko‘ra, uning ismi Rey Rosberi.
Kongress kutubxonasi tashqarisida mashinada o‘tirgan erkakning so‘zlariga ko‘ra, u yana shaharning turli joylariga 4 ta portlovchi moslama joylashtirgan. Ularning portlashi o‘zining o‘limiga bog‘liq.
Erkak hech kimni o‘ldirmoqchi emas, shunchaki Bayden bilan Qo‘shma shtatlar kelajagi haqida suhbatlashmoqchi.
Foydalanuvchilarga ko‘ra, aynan mana shu odam Kongress kutubxonasi yaqinida bomba bilan tahdid qilgan. U o‘z Facebook sahifasida jonli translyatsiya qilib, bombani portlatish bilan qo‘rqitdi va shaharning boshqa joylariga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar haqida xabar berdi. Ayni paytda uning sahifasi bloklangan.
Politsiya Nyu -Yorkdagi Tayms -skverdagi shubhali obyektni tekshirganini maʼlum qildi, hech qanday xavf yo‘qligi aytilmoqda.







