Angela Merkel Rossiyaga so‘nggi tashrifini amalga oshirdi
Kecha, 20avgust kuni Germaniya kansleri Angela Merkel va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchrashdi. Bu Merkelning kansler sifatida Rossiyaga so‘nggi tashrifi bo‘ldi.

Qariyb uch soat davom etgan muzokaralarda turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi.
Vladimir Putin Germaniya Federativ Respublikasini Rossiyaning asosiy hamkorlaridan biri deb atadi.
Kansler Merkel xayrlashuv tashrifida muhokama qilinadigan masalalar ko‘pligi, ular orasida Liviya bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiya va, albatta, Afg‘oniston borligini aytgan.
Sharofat Mahmudova







