Germaniyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi
Germaniyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda “Spiegel” nashri xabar bergan.


Taʼkidlanishicha, infeksiyalar soni 2020 yilning yoziga nisbatan bir necha baravar ko‘p. Bu safar virus, ayniqsa, 10 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lganlar orasida avj olmoqda. Yangi holatlarning 99 foizini delta shtammi tashkil qiladi.
Germaniya aholisining qariyb 64 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasi, 58 foizdan ko‘prog‘i esa ikkala dozasi bilan emlangan.
Nasiba To‘xtayeva







