Grenlandiyada 70 yil ichida ilk marta yomg‘ir yog‘di
Ushbu tabiat hodisasi Grenlandiyada so‘nggi bor 1950 yilda qayd etilgan edi. Bu haqda “CNN” xabar bermoqda.


Harorat o‘n yil ichida uch marta noldan oshgan. Yomg‘ir natijasida muzliklar saltanatiga yetti milliard tonna suv qo‘shildi.
Bu esa muzlik saltanatini rekord miqdorda erishiga sabab bo‘lgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘qotilgan muz hajmi bir yillik ko‘rsatkichdan yetti baravar ko‘p.
Buni olimlar “misli ko‘rilmagan hodisa", deb atagan.
Nasiba To‘xtayeva







