Kobul aeroportidagi amerikalik harbiylar soni 5,8 mingga yetdi
AQSH evakuatsiya ishlariga yordamlashish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Kobul aeroportiga 5,8 mingga yaqin harbiylarini joylashtirdi. Bu haqda AQSH rasmiy shaxslariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda ular soni 6 ming nafarga yetkaziladi.
Avvalroq Afg‘oniston poytaxtidan evakuatsiya ishlarini o‘tkazishda logistika masalalari uchun masʼul general Xenk Teylor aeroportda 5,2 ming nafar amerikalik harbiy borligini aytgandi.







