NASA SpaceX kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma ijrosini vaqtincha to‘xtatadi
AQSHning Aeronavtika va kosmik kenglikni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) 2021 yilning noyabrigacha insonni Oy sathiga qo‘ndirish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha shartnomani bajarishni to‘xtatib turishini eʼlon qildi. SpaceX kompaniyasi ushbu oyihaning asosiy pudratchisi sanaladi. Bu haqda “SpaceNews” sayti xabar qilmoqda.

Xabar qilinishicha, shartnomaning muzlatilishiga 13 avgust kuni Jeff Bezosning NASAni Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bo‘yicha chiqargan qarorini sudga bergani sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi NASAni Oy modulini yaratish va ishlab chiqarish shartnomasini SpaceXga bergani uchun sudga berdi.
Kompaniya huquqshunoslari sudga yozgan arizasida Blue Origin NASA bahosini va u taklif qilgan variantlarni “noqonuniy va noo‘rin”, deb hisoblaydi.
“NASA o‘z ixtiyori bilan SpaceX‘ning insonni Oyga qo‘ndirish bo‘yicha tizimini 19 avgustdan 1 noyabrgacha vaqtincha to‘xtatdi. Tomonlar ishni vaqtincha to‘xtatgani evaziga sud ishi tezlashadi va 1 noyabrgacha yakunlanadi”, — degan NASA vakili “SpaceNews”ga bergan intervyusida.
Sharofat Mahmudova







