O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi dushanbadan ko‘tariladi
To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, dollarning rasmiy kursi 8,60 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 640,60 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari pasayishda davom etmoqda.


Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini eʼlon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 23 avgustdan kuchga kiradi:
1 AQSH dollari 8,60 so‘mga ko‘tarildi va 10 640,60 so‘mni tashkil etmoqda;
1 Yevro 12,29 so‘mga pasaydi va 12 423,96 so‘m deb baholandi;
1 Rubl 0,66 so‘mga pasaydi va 142,87 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 12,00 so‘mga pasayib, jami 10 632,00 so‘mni tashkil qilgandi.







