O'zbekiston

«Tadbirkor dardi bilan yashamagan rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev

Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘ladi. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida so‘z yuritildi.

«Tadbirkor dardi bilan yashamagan rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev

 

 

«Bugun ilk bor mutlaqo yangicha formatda – ‘ochiq muloqot‘ shaklida sizlar bilan yuzma-yuz uchrashib, biznes sohasidagi muammo va masalalar haqida, batafsil gaplashib olishga qaror qildik. Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish, ‘mahallabay‘ ishlab, joylarda o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha, katta marralarni belgilab olganmiz.

 

Bu borada, davlat idoralari va xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar, tadbirkorlar bilan har kuni yaqin hamkorlikda ishlashlari va ularga amaliy yordam ko‘rsatishlari shart. Bugungi muloqotga tayyorgarlik davrida, ko‘plab savol va takliflar tushgani sababli, murojaatlarning qabul muddatini 1 avgustdan 10 avgustga qadar, yaʼni 10 kunga uzaytirishga majbur bo‘ldik», — deydi Prezident.

 

Taʼkidlanishicha, tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushgan, shu kungacha joylarda ularning ko‘pchiligi hal etilgan.

 

«Ayniqsa, Andijon, Namangan va Surxondaryoda ishlar tizimli tashkil qilinib, tadbirkorlarimizning 90 foiz muammolari qisqa fursatlarda hal qilib berilgani, albatta, quvonarli hol. Qayerda muhit yaxshi bo‘lsa, hudud va tarmoq rahbarlari Prezident talabini to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, o‘sha yerda ishlash uslubi, tadbirkorlarga munosabat o‘zgargan.

 

Aksincha, tadbirkor dardi bilan yashamagan, ular ko‘targan muammolarning ichiga kirmasdan, ko‘mak bermagan rahbarlar faoliyatiga esa xalqimizning o‘zi baho beradi va bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q va kelajakda ham shunday bo‘ladi.

 

 

Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari, amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir. Shu bois, har bir vazirlik va idora rahbari, viloyat, tuman va shahar hokimlari kelib tushgan murojaatlarni o‘zlarining faoliyatiga baho deb bilishlari, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keskin o‘zgarishlar qilishlari zarur va shart.

 

Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘ladi», deya taʼkidlagan davlat rahbari.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

«Tadbirkor dardi bilan yashamagan rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz