Toyota avtomobil ishlab chiqarishni 40 foizga qisqartirmoqchi
Toyota avtomobil ishlab chiqarishni 40 foizga qisqartirmoqchiligini ma'lum qildi.


Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota Motor Corp. joriy yilning sentyabr oyida yarim o‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Yaponiyadagi zavodlarida avtomobil ishlab chiqarishni 40 foizga qisqartirishi haqida ogohlantirdi.
Korporatsiya Yaponiyaning aksariyat fabrikalarida ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirilgan va bu, albatta, eng ko‘p sotiladigan modellarga taʼsir qiladi. Masalan, RAV4 krossoveri va Corolla sedanini ishlab chiqarish 1-sentyabrdan vaqtincha to‘xtaydi. Xuddi shu davrda boshqa mashhur modellar — Camry va Lexus Esni yig‘ish ham to‘xtatiladi.
Toyota ishlab chiqarishni boshqa mamlakatlarda ham to‘xtatishi haqida aniq maʼlumot bermagan.
Kompaniya noqulayliklar uchun mijozlardan uzr so‘radi.
Sharofat Mahmudova







