Turkiyada yangi cheklovlar joriy etiladi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an koronavirus infeksiyasi tufayli mamlakatda yangi cheklovlar joriy etilishini eʼlon qildi. Bu haqda “Hurriyet“ gazetasi xabar bermoqda.


Unga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlanmaganlar kinoteatr va konsert zallariga borish uchun PZR-test topshirishlari kerak. Bu qoida talaba va o‘qituvchilarga ham tegishli.
"Maktablarda 6 sentyabrdan anʼaviy taʼlim boshlanishi sababli hali emlanmagan o‘qituvchilar va boshqa xodimlardan haftada kamida ikki marta PZR-test topshirishni so‘raymiz”, - degan Prezident.
Erdog‘an mamlakatda olib borilayotgan emlash jarayonini tanqid qildi.
Sharofat Mahmudova







