Uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi hududlar maʼlum qilindi
2021 yilning 6 oyi davomida qancha uzum yetishtirilgani to‘g‘risida maʼlum berildi.


Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar - iyun oylarida 45 497 tonna uzum yetishtirilgan.
Uzum yetishtirish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish surʼati 5,1 foizni tashkil qildi.
Uzum yetishtirishning yuqori hajmlari 24 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 52,7 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Uzum yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
-
Surxondaryo viloyati – 30,1 foiz;
-
Qashqadaryo viloyati – 13,9 foiz;
-
Namangan viloyati – 11,8 foiz;
-
Buxoro viloyati – 11,4 foiz.







