Jahon

Afg‘onistonda qolgan yagona  yahudiy: uni bu yerda nima ushlab turibdi?

Afg‘onistondagi yahudiylar diasporasi ancha yillardan beri bir kishidan iborat.

Afg‘onistonda qolgan yagona  yahudiy: uni bu yerda nima ushlab turibdi?

 

Qolganlar mamlakatni allaqachon tark etgan.

 

Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tgach, Zvulun Siman-tov AQSH va Isroildan mamlakatdan chiqib ketishda yordam berish bo‘yicha o‘nlab takliflar oldi. Ammo erkak har qanday yordamni rad etib,  Afg‘onistondagi yagona sinagoga va yahudiylar qabristonini himoya qilishini bildirgan.

 

Ammo Mokorrishon portalining yozishicha, erkakning bu fidoiyligi  faqat turmush o‘rtog‘i bilan ajrimga rozilik bermaslikdan iborat. Uning rafiqasi va qizlari allaqachon Isroilga ko‘chib ketgan.

 

Yahudiylarda nikohni bekor qilish jarayoni diniy qoidalar asosida amalga oshiriladi. Erining roziligisiz ayol ajrashgan hisoblanmaydi. Geta, yaʼni ajrim xatisiz nikoh saqlanib qolaveradi: erkak ham, ayol ham yangi oila qura olmaydi.

 

Odatda geta yozishdan bosh tortgan erkaklarga ravvinlar sanksiya eʼlon qiladi. Ammo bunday vaziyatda hech bir ravvin yurak yutib Afg‘onistonga kela olmaydi.

 

Siman-tovaga Kobulda ishlaydigan amerikalik diplomatlar ham taʼsir o‘tkazishga uringan, ammo erkak so‘nggi kunigacha Afg‘onistonda qolish fikridan qaytmadi.

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘onistonda qolgan yagona  yahudiy: uni bu yerda nima ushlab turibdi? | Zamon.uz