Haiti oziq-ovqat tanqisligidan qutula olmayapti
Haiti oziq-ovqat tanqisligidan qutula olmayapti.


Haiti vayronkor zilzila oqibatlaridan qutula olmayapti. Och, uysiz va umidsiz odamlar aeraport oldida to‘planib, qo‘shni davlatlardan yuborilayotgan gumanitar yordam uchun navbat talashmoqda. Bu haqda “Euronews» xabar qildi.
Ayrimlar oziq-ovqat va boshqa zarur yuklarni olib keladigan yordam mashinalariga hujum qilib sumkalarni yirtib tashladi. Le - Klyud shahrida odamlar politsiya bo‘limi oldida turgan yuk mashinasini talon -taroj qilmoqchi bo‘ldi.
Odamlarning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat ortilgan yuk mashinasi kelganda politsiya uni tarqatmasdan ichkariga olib ketadi.
Nasiba To'xtayeva







