Kongressmen Jo Baydenga birdaniga uchta impichment berishni taklif qildi
AQSHda mojarolari bilan mashhur siyosatchi Majori Teylor Grin Kongressga amaldagi Prezident Jo Baydenga birdaniga uchta impichment berishni taklif qildi. Ularning bittasi Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq.


Jorjiya shtatidan saylangan respublikachi "Bayden 10 ming amerikalikni “Tolibon” hukmiga tashlab qo‘ygani uchun" uni hokimiyatdan chetlatish rezolyutsiyasi loyihasini Kongressga taqdim etganini eʼlon qildi.
—Jo Bayden Prezideng bo‘lganiga hali yarim yil o‘tmay Amerika butun dunyoda hurmatini yo‘qotdi. Uning harakatlari shunchalik g‘alatiki, impichment eʼlon qilish uchun barcha dalil va asos mavjud, — dedi kongressmen.
Grin immigratsion qonunchilikni buzgani va buning natijasida AQSHning janubiy chegarasida inqiroz yuzaga kelgani uchun Baydenga yana ikkita impichment berilishi kerak, dedi.
Bundan avval AQSHning sobiq prezidenti Donald Tram Bayden Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat sababli isteʼfoga chiqishi kerakligini aytgan edi.
Sharofat Mahmudova







