O‘zbekiston aholisi bir kunda qancha go‘sht iste’mol qiladi?
O‘zbekiston aholisi bir kunda qancha go‘sht iste’mol qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 mln. 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Xo‘jalik toifalari orasida go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 1 mln. 102,7 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,5 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Go‘sht yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Toshkent viloyatiga (12,3 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,8 foiz) kuzatildi.
2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 trln. 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil qildi.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,3 foizni tashkil etdi.







