Uzbekistan Airways 6 oy ichida qancha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi
Yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 70,9% ga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — iyun oylarida Uzbekistan Airways orqali 1,1 mln yoʻlovchi tashilgan.
Yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 70,9% ga oshgan:
-
2021-yil yanvar-iyun oylarida — 1 077,0 ming yoʻlovchi
-
2020-yil yanvar-iyun oylarida — 630,3 ming yoʻlovchi.
Avvalroq metropoliten 6 oyda 47 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatganligi haqida yozgan edik.








