Afg‘onistonlik ayolning Kobuldan evakuatsiya paytida AQSH Harbiy-havo kuchlari samolyoti bortida ko‘zi yoridi
Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining havo harakatlari guruhi xabar berdi.

"Ayolning dardi parvoz paytida boshlandi, uchuvchi havo bosimini ko‘tarish uchun balandlikdan pastga tushdi, bu esa vaziyatni barqarorlashtirish, onaning hayotini saqlab qolishga yordam berdi" — deyiladi xabarda.
Samolyot Germaniyaning Amerikadagi Ramshteyn aviabazasiga favqulodda qo‘ngan.
Ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloq eng yaqin tibbiy muassasaga yetkazilgan. Ularning ahvoli qoniqarli.
Maʼlumot o‘rnida: Kobuldagi aeroport 48 soatga yopilishi maʼlum bo‘ldi. Aeroport hududiga evakuatsiya uchun yig‘ilganlar masalasi hal qilinganidan so‘ng, reyslar qayta tiklanadi.







