Ashraf G‘anining ukasi “Tolibon” tarafiga o‘tdi
Afg‘onistondan qochib ketgan prezident Ashraf G‘anining kichik ukasi Hashmat G‘ani “Tolibon” harakatiga qo‘shildi. Bu haqda toliblarning o‘zi rasmiy bayonot bergan, deb yozmoqda “Kommersantʼ”.


«Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anining ukasi Hashmat G‘ani Halil Rahmon Haqqoniy oldida Islom amirligiga sadoqat bilan xizmatda bo‘lish haqida qasamyod qildi»,— deyiladi “Tolibon” bayonotida.
Halil Al-Rahmon Haqqoniy – «Haqqoniy tarmog‘i» terrorchilik guruhining yuqori lavozimdagi aʼzosi hisoblanadi. Ushbu guruh toliblar bilan hamkorlik qiladi. Xabarga ko‘ra, 21 avgustda Kobulda Afg‘oniston sobiq bosh vaziri, mamlakatdagi Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor bilan uchrashuv o‘tkazilgan.







