Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi nomaʼlum vaqtga yopiladi
Elchixona bunga tashqi siyosatda yuzaga kelgan maxsus vaziyatni sabab qilib ko‘rsatgan.

Viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilinadi. Yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida keyin o‘z vaqtida xabar beriladi.
Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi taʼminlangan.







