YUNISEF: milliardlab bolalarning hayoti xavf ostida
YUNISEF yangi hisobotini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab bir milliarddan ko‘p bola iqlim o‘zgarishi va havoning ifloslanishidan o‘ta yuqori xavf ostida.

Hujjatda bolalar uchun yashash sharoitlari qoniqarsiz 33 davlat nomi ko‘rsatilgan. Ulardan 24 tasi Afrikada joylashgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Nigeriya, Gvineya va Gvineya-Bisauda yashovchi voyaga yetmaganlar ko‘plab salbiy omillar: iqlim o‘zgarishi, yomon ekologiya, sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimining yomon kombinatsiyasidan aziyat chekishi mumkin.
Hisobotga ko‘ra:
➖ 240 million bola suv toshqini xavfi;
➖ 330 million bola daryo toshqini xavfi;
➖ 400 million bola siklonlar xavfi;
➖ 600 million bola yuqori vektorli kasalliklar xavfi;
➖ 815 million bola qo‘rg‘oshin bilan ifloslanish xavfi;
➖ 820 million bola issiqlik to‘lqinlari xavfi;
➖ 920 million bola suv tanqisligi xavfi;
➖ 1 milliard bola esa havoning yuqori darajada ifloslanishi sabab xavf ostida.







