Jahon

AQSHdagi suv toshqinlari so‘nggi 30 yildagi eng yirik tabbiy ofat sifatida baholanyapti

AQSHning Tennessi shtatidagi suv toshqinlarida 20 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Associated Press” okrug sherifi ma’lumotlariga tayanib xabar qilmoqda.

AQSHdagi suv toshqinlari  so‘nggi 30 yildagi eng yirik tabbiy ofat sifatida baholanyapti

 

 

Qutqaruvchilar odamlarni izlashda davom etmoqda. 

 


Juma kunidan beri yog‘ayotgan yomg‘ir daryoda suv sathi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ayrim tumanlarda sutkalik yog‘ingarchilik miqdori rekord darajaga yetdi. 

 

Suv oqimi yo‘llarni yuvib, uy va avtomobillarni oqizib ketdi. Hududda aloqa va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu so‘nggi 30 yildagi eng yirik tabbiy ofat sifatida baholanmoqda. Shtatda favqulodda holat rejimi joriy etildi. Mahalliy meteorologlar vaziyatni halokatli, deb baholamoqda.

 

Shahar meri Ueverli Baddi Freyzerning aytishicha, tabiiy ofat shahardagi suv tozalash stansiyalaridan birini vayron qilgan. 


"Fred" tropik bo‘roni bir necha kun oldin qo‘shni Shimoliy Karolina shtatiga ham yopirilgan edi. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni izlashda davom etmoqda. Suv toshqinlari bu shtatda  5 kishi hayotiga zomin bo‘ldi.

 

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSHdagi suv toshqinlari so‘nggi 30 yildagi eng yirik tabbiy ofat sifatida baholanyapti | Zamon.uz