Gretsiyada yangi oʻrmon yongʻinlari boshlandi
Gretsiyada yangi oʻrmon yongʻinlari boshlandi .


Yangi yongʻin bu gal Evbeya orolidan chiqqan. Oroldagi Figiya qishlogʻi aholisi sohildagi Marmariga koʻchirilgan. Hokimiyat vakillari u yerda aholini evakuatsiya qilish uchun qayiqlar tayyorlab qoʻygan.
Evbeyada yongʻin bilan kurashga 46 nafar oʻt oʻchiruvchi va 20 ta maxsus texnika jalb qilingan. Shuningdek, oʻt oʻchirish jarayonida 3 ta samolyot va 2 ta vertolyot ham qatnashmoqda.
Avgust oyida anomal issiqlik tufayli Gretsiyada yuzlab oʻrmon yongʻinlari yuz bergan. Buning oqibatida uch kishi vafot etgan.
Jahongir Qo'ziyev







