O'zbekiston

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilindi

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar joylashtirildi.

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar e'lon qilindi

 

 

DTM xabariga ko‘ra, mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining «Imtiyozli» bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

 

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

 

Xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta'lim muassasasiga topshirganidan qat'iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta'lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

 

Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta'lim shakli uchun oliy ta'lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

 

Qayd etilishicha, imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"