Jo Bayden brifingda mas’ul amaldor nomini uzoq vaqt eslolmadi
AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan chiqib ketish va “Genri” to‘foniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentlik kotibi nomini uzoq vaqt eslolmadi. Vaholanki, Prezident Dinn Krisuell bilan bundan bir necha daqiqa oldin gaplashgan edi.


“Bu operatsiyaga rahbarlik qilish uchun ... Dinn ... Krisuelldan yaxshiroq odam yoʼq”, — dedi Bayden Oq uydagi brifingda. Matbuot anjumani “S-Span” telekanalida toʼgʼridan-toʼgʼri efirda namoyish etilgan.
Bunday holatlar Bayden bilan bot-bot sodir boʼlib turadi. Oldinroq Jo Bayden Barak Obama va Donald Trampni ham adashtirib yuborgan edi.
Tanqidchilar buni Baydenda yuz berayotgan kognitiv regressning yana bir alomati, deb hisoblashmoqda.
Sharofat Mahmudova







