Kiyev meri aeroportga kiritilmadi
Kiyev meri Vitali Klichko aeroportga kiritilmadi.


Kiyev meri Vitali Klichko Ukrainaga amaliy tashrif bilan kelgan Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olish uchun aeroportga kiritilmadi. Bu haqda poytaxt hokimi ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida yozgan.
“Men Boryspil aeroportiga yetib keldim, protokolga koʻra u yerda xuddi oldingi tashriflarda boʻlgani kabi poytaxt meri sifatida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashishim kerak edi. Ammo bu safar menga ruxsat berishmadi”, — deb yozadi Klichko.
U, shuningdek, aeroportga zoʻrlik bilan kirmaganini, bunday holat birinchi marta roʻy berayotganini qoʻshimcha qilgan.
Nasiba To'xtayeva







