Pemex neft-gaz kompaniyasi dengiz platformasida yong‘in chiqdi
Meksika ko‘rfazida joylashgan Pemex neft-gaz kompaniyasi dengiz platformasida yong‘in kelib chiqdi. Natijada besh kishi jarohatlandi. Bu haqda kompaniya Twitter sahifasida xabar tarqatdi.


“Besh kishi kuyish jarohati olgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Pemex vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xodimlari yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Alanga sabablari hali aniqlanmagan, kompaniya surishtiruvni boshlagan.
Meksika ko‘rfazida shu yilning iyulida ham gaz o‘tkazuvchi quvur yonib ketgan, bir vaqtning o‘zida 3 ta kemada yong‘in chiqib, quvur yopib qo‘yilgan edi.
Sharofat Mahmudova







