Qirolicha Yelizaveta II shahzoda Garri va uning rafiqasini sudga berishga qaror qildi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II qirollik oilasiga «qayta-qayta hujum qilgan» shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklga qarshi kurashish uchun advokatlar guruhini yolladi. Bu haqda «The Sun» xabar berdi.

Nashrning maʼlum qilishicha, qirolicha sudga borishga tayyor, lekin qarindoshlari oʼzlariga kelib, mojaroni tugatishiga umid qilmoqda.
«Ular bunga qanchalik darajada toqat qila olishi boʼyicha maʼlum chegara bor. Qirolicha va uning oilasi qarindoshlari tomonidan allaqachon koʼplab hujumlarga uchragan, Garri va Megan takroriy hujumlar qabul qilinishi mumkin emasligini yaxshi biladi», — degan qirollik manbasi va hozirda advokatlar tuhmat boʼyicha ekspertlar bilan maslahatlashayotganini maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, advokatlar shahzoda Garrining «u tugʼilgan shahzoda sifatida emas, balki u boʼlib qolgan odam sifatida» yozgan xotiralarini nashr etishga tayyor boʼlgan «Penguin Random House» kompaniyasiga ogohlantirish yuborishni rejalashtirmoqda.
Maʼlumot uchun, 2021 yil iyulь oyi boshida shahzoda Garri «Penguin Random House» bilan oʼz xotiralarini nashr etishga kelishgani va katta miqdorda avans olgani haqida xabar bergan. Qirollik biografi Аngela Levin kitob malika Diananing oʼlimiga bagʼishlanishini taʼkidlagan.







