Tojikistondan Panjsher viloyatiga harbiy qurollar olib o‘tilganmi?
Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi milliy qarshilik kuchlarining Tojikiston bilan havo aloqasi borligi rad etildi.

Bu haqda «Sputnik Tojikiston» xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Panjsherdagi qarshilik kuchlari hali boshqa davlatlar bilan havo aloqasini o‘rnatmagan. «Tojikistonning Panjsher bilan havo ko‘prigi yo‘q», — degan nashrning Panjsherdagi manbasi. Qayd etilishicha, “Tolibon” harakati jangarilari Panjsher viloyatini o‘rab olgan. Mazkur hudud ayni vaqtda harakat tomonidan bosib olinmagan yagona viloyat hisoblanadi.
Maʼlum bo‘lishicha, “Tolibon” harakati hozirda respublika rahbari vazifasini o‘z zimmasiga olgan Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih bilan Panjshir viloyatidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokara olib borgan.
Avvalroq Tojikistondan Panjsher viloyatiga harbiy qurollar olib o‘tilgani aytilgandi. Shuningdek, Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun qurilayotgan lager haqida maʼlumot berilgan.







