Habib afg‘onlardan kechirim so‘radi
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirishdan bosh tortgani haqida fikr bildirdi.

“Men siyosiy holatlar haqida izoh berishni xohlamaganim, o‘sha paytdagi reaksiyam maʼnosi shunday. Albatta, men muxlislarimdan va ko‘plab afg‘onlardan bunga nisbatan keskin munosabat qabul qildim.
Javobimni qayta ko‘rib chiqdim – menimcha, minglab kilometr narida bo‘layotgan voqealar menga taalluqli emas, deb noto‘g‘ri aytilgan” – deydi Habib.
Nurmagomedovning aytishicha, u afg‘on xalqi bilan iliq munosabatlarga ega. Habibning taʼkidlashicha, u 155 ming afg‘on oilasi yashaydigan San-Xose shahrida (Kaliforniya) yashaydi. UFC sobiq chempioni Afg‘onistonda ko‘plab yaqin odamlari borligini aytdi.
“O‘ylaymanki, ular meni noto‘g‘ri tushunishdi. Men faqat siyosiy vaziyat haqida izoh berishni xohlamadim. Umid qilamanki, agar men ularni qandaydir tarzda xafa qilgan bo‘lsam, kechirishadi.
Men ulardan kechirim so‘rashdan uyalmayman, har kim xato qilishi mumkin. Bu gaplarni aytganimda, miyamda hamma narsa boshqacha edi.
Agar siz tarixga qiziqadigan bo‘lsangiz, qarangki, u yerda oxirgi 120 yil davomida nima bo‘lgan va hozir nima bo‘lyapti – bu xalq uchun og‘riyapti. Siz ular haqida qayg‘urasiz, men ularga yaxshilik tilayman”, – deydi Habib.







