O'zbekiston

«Yangi O‘zbekiston» kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan «Yangi O‘zbekiston» kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

«Yangi O‘zbekiston» kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, yozuvchi-adiblar, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik qatnashdi.

Mazkur kitob-albom turli vazirlik va idoralar mutaxassislari, fotomuxbirlar hamda AOKA masʼul xodimlaridan iborat ijodiy jamoa tomonidan nashrga tayyorlandi. Unda istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ulkan ishlar haqida hikoya qilinadi.

Taqdimotda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqalar so‘zga chiqdi va kitob-albomning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Kitob-albom “O‘ttiz yillik murakkab va sharafli yo‘l”, “Yangi O‘zbekiston – milliy taraqqiyotning yangi bosqichi”, “Davlat idoralari xalqimizga xizmat qilmoqda”, “Innovatsion asosda qayta qurilayotgan iqtisodiyot”, “Yangi O‘zbekistonni azmu shijoatli yoshlarimiz bilan birgalikda quramiz”, “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir”, – “Maʼnaviyat – Yangi O‘zbekiston poydevori”, – “O‘zbekiston va jahon” sarlavhalari bilan nomlangan 8ta bo‘limdan iborat. Asar o‘zbek (kirill va lotin alifbosida), rus va ingliz tillarida o‘ziga xos dizayn va yuqori poligrafik sifatda, jami 30 000 nusxada nashr etilmoqda.

Kitob-albom yaqin tariximizda kechgan voqealar, xalqimiz mardona yengib o‘tgan turli sinov va mashaqqatlar, erishilgan ulkan yutuq va natijalar haqida hikoya qiladi. Unda o‘tgan davr mobaynida respublikamiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq o‘lkadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylangani o‘z aksini topgan.

Taqdimotda kitob-albomga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi, turli soha mutaxassislari kitob-albom haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

«Yangi O‘zbekiston» kitob-albomining taqdimoti o‘tkazildi | Zamon.uz