Afg‘on “Mona Liza”si: bir surat tarixi
1984-yil. Afg‘on qochqinlari lageri.

Bir kuni tongda fotograf Stiv Makkarri Nosir-Bog‘ lageridan o‘tayotganda qizaloqning nigohini payqab qoladi.
Unga bu qiz 2 hafta oldin, qishlog‘i vertolyotda o‘qqa tutilganidan keyin tog‘lar orqali piyoda lagerga kelganini gapirib berishdi. O‘sha paytda uning yoshi o‘n ikkida edi. Qizchaning haqiqiy ismi va tarixi 17 yildan so‘ng butun dunyoda mashhur bo‘ldi.
Makkarri : “o‘n yetti yil davomida qiz haqida telefon bo‘lmagan yoki xat olmagan biror kunim bo‘lmadi. Baʼzilar unga pul jo‘natishni istar, baʼzilar esa asrab olmoqchi edilar. Hatto unga uylanish niyatida bo‘lgan kishilardan ham maktublar bo‘lgan”, – deb eslaydi.
2002 National Geographic kanali Makkarni boshchiligida qizni topish maqsadida Afg‘onistonga yo‘l oladi. Uni mamlakatning cheyeeasidan topishadi.
Fotograf qizni yuzidan darhol taniydi. O‘sha payti u 30 yosh atrofida bo‘lgan.
Qizning ismi–Sharbat Gula, bu “Gulli sharbat” maʼnosini anglatadi. Maʼlum bo‘lishicha, 1980 yillar boshida uning qishlog‘iga vertolyot zarbalari berilgan. Ota-onasidan ayrilgan Sharbat aka-singillari va buvisi bilan Pokiston chegarasidagi qochqinlar lageriga boradi.
80 yillar oxirida u novvoy Rahmat Guluga turmushga chiqadi, 1992-yilda esa Afg‘onistonga qaytib keladi. 2002-yilda uning uch nafar qizi bo‘lgan: Robina, Zohida va Aliya.
Sharbat Gula suratga olish jarayonini eslashi qiyin bo‘lmadi, sababi uni butun hayoti davomida uch marotaba rasmga olishgan. O‘zining mashhur fotosuratini u 2003 yildagina ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi. Tabiiyki, suratning mashhurligidan Sharbatning xabari bo‘lmagan.
Makkarri uning yangi suratini ayolning turmush o‘rtog‘i roziligi bilan olgan.
Jahongir Qo'ziyev







